Jahon | 10:30 / 29.01.2019
11912
1 daqiqa o‘qiladi

Guaydo Tramp bilan gaplashganini aytdi

Foto: Federico PARRA / AFP

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Amerika prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashgani haqida xabar berdi. Bu haqda CNN ma'lumot tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat AQSh yetakchisi, balki mintaqa va dunyodagi boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham so‘zlashgan. Guaydoning qayd etishicha, mamlakatda amaldagi tartiblar mavjudligini ta'minlab beradigan «yolg‘on muloqotga» bormoqchi emas.

Aniqlik kiritilishicha, Guaydo Tramp bilan «harbiy variant»ni muhokama qilish to‘g‘risidagi savolga uning uchun favqulodda gumanitar vaziyatda bo‘lgan mamlakat fuqarolari birinchi darajadagi ahamiyatga ega ekani haqida javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Maduroga yangi choralar bilan tahdid qilgandi.

Mavzuga oid