Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar Nikolas Maduro hukumatiga bosim o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishda davom etadi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni «noqonuniy» hukumatni daromadlardan mahrum qilishni, shuningdek, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlash niyatida.
«Qo‘shma Shtatlar Maduro va uning yugurdaklariga Venesuela xalqi aktivlarini talashda davom etishga imkon bermaydi», - deya yozgan Bolton.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Venesuela hukumati hisoblarini nazoratga olmoqchi ekani, Maduro AQShga javob haqida va'da bergani xabar qilingandi.












