Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rangin Parij: «qizil sharflar» «sariq jiletlar»ga qarshi namoyishga chiqdi
Foto: Benoit Tessier / Reuters
Fransiya poytaxti Parijda tartibsizlik o‘z cho‘qqisiga chiqib turgan bir paytda zo‘ravonlikka qarshi namoyishlar boshlandi.
«Sariq jiletlilar»ning shanba kungi yurishi ortidan yakshanba kuni «qizil sharflar» ham oyoqqa turdi. Toifa o‘zini «sukutdagi ko‘pchilik» vakillari - «jiletlar»ning bir necha talablarini qo‘llab-quvvatlovchi, biroq namoyishchilarning jamiyatni parokandalikka olib keluvchi va aholi orasida nifoqqa sabab bo‘luvchi harakatlariga qarshilar deb hisoblaydi. Yakshanba kuni ko‘chalarga aynan shu mazmundagi chaqiriqlar bilan 10,5 mingdan ortiq kishi chiqqan.
Makron tomonidagi taniqli vakillar turli shubhalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun «qizil sharflar» safida namoyishga chiqmagan.
«Sariq jiletlilar»dan charchagan politsiyaga mazkur yurish davomida minnatdorchilik bildirilgan. Yurish «sariq jiletlar» bilan dahanaki janjallarni hisobga olmaganda tinch o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyada o‘tgan yilning noyabr oyi oxiridan buyon «sariq jiletlilar»ning tartibsiz namoyishlari davom etib kelmoqda. Parijning o‘zida 4 ming namoyishchi qolgan bo‘lsa, butun mamlakatdagi namoyishchilar soni hafta davomida sezilarli darajada pasaygan – bir hafta oldin «sariq jiletlilar» safida 84 ming namoyishchi birlashgan bo‘lsa, hozir 69 ming namoyishchi qolgan.
Eslatib o‘tamiz, namoyishlar fonida Fransiya iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra mamlakat iqtisodiga yetgan zarar milliard yevrodan ortiqni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
13:41 / 03.09.2025
Deparde jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha sudga tortiladi
08:12 / 06.07.2025
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
13:36 / 03.07.2025