Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir neça haftadan buyon davom etayotgan «sariq jiletlilar» namoyişlari fonida mamlakatda favqulodda iqtisodiy va ijtimoiy holat e'lon qildi. U 10 dekabr kuni BFMTV telekanali efiri orqali favqulodda holat haqida ma'lum qilgan.

Davlat rahbari namoyişçilarni xotirjamlik va tartib saqlaşga çaqirgan, zöravonlikni heç qanaqasiga oqlab bölmasligi haqida gapirgan. Şu bilan birga u fransuzlarning ğazabi «adolatli» ekanini qöşimça qilgan.

Makron 2019 yilning mayidan mamlakatda eng kam iş haqi miqdori 100 yevroga oşirilişini, şuningdek, yil yakunida beriladigan mukofot pullari soliqqa tortilmasligini, eng kambağal qatlamga soliq imtiyozlari taqdim etilişini ma'lum qilgan.

Beşinçi respublika prezidenti, mamlakatdagi yirik korxonalar va badavlat fuqarolar iqtisodiy inqirozni yengib ötişda kömak berişi zarurligi haqida töxtalgan. U şu haftada yirik kompaniyalar rahbarlarini yiğib, bu masalalarda tegişli qarorlar qabul qilmoqçi.

11 dekabr kuni uning taşabbuslari boş vazir tomonidan parlamentga öqib eşittiriladi. Makron boylik uçun soliqlarni tiklamaslikka va'da qilgan — uning fikriça, bunday yiğimlar tufayli mamlakatni boy kişilar tark etişi va iqtisodiyotga investitsiyalar kiritilmasligi mumkin.

Fransiyadagi tartibsizliklar noyabr oyi örtalarida boşlangandi. Benzin narxlari oşirilişiga qarşi boşlangan aksiyalarda yuz minglab kişilar qatnaşdi. Asosan haydovçilar iştirok etgan dastlabki namoyişlar iştirokçilar kiyib olgan liboslar tufayli «Sariq jiletlilar» namoyişlari nomini oldi.

Dekabr oyi boşiga kelib hukumat yon berdi. ​​Fransiyada benzin narxi oşirilmaydigan böldi. Boş vazir «heç bir soliq millat birligini xavf ostida qoldirişga arzimasligi» haqida ma'lum qildi.

Fransiyada 2019 yil 1 yanvardan benzin uçun soliq miqdorini 2,9 yevrosentga, dizel uçun esa 6,5 yevrosentga oşirilişi rejalaştirilgan edi. Hukumat şu yöl bilan aholini jamoat transportidan foydalaniş va elektromobillar sotib olişga undamoqçi edi.

Namoyişlar fonida Fransiya iqtisodiyoti jiddiy zarar kördi. Hisob-kitoblarga köra mamlakat iqtisodiga yetgan zarar milliard yevroni taşkil qildi.