Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘quvchi “og‘ir uy vazifalari” yuzasidan qutqaruv xizmatiga shikoyat qildi
AQShda bir o‘quvchi 911 qutqaruv xizmatiga noodatiy murojaat bilan qo‘ng‘iroq qildi. Bu qo‘ng‘iroqqa javob bergan operator Antoniya Bandi esa xayrixohligi uchun tanilib ketdi va qutqaruv xizmati rahbariyatidan mukofot bilan taqdirlandi.
O‘quvchi qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, maktabda kuni og‘ir o‘tgani, uyga ko‘p vazifa topshirilgani va ayniqsa uni matematika qiynashidan shikoyat qila boshlagan.
Antoniya bu antiqa murojaatdan hech ham esankirab qolmay, o‘quvchiga yordam berishga tushgan.
- Haqiqatan ham kuning og‘ir o‘tdimi?
- Ha.
- Matematikadan yordam berishimni xohlaysanmi? Yoza olasanmi?
- Ha.
Shundan keyin bola kasrlar bilan misollarni ayta boshlagan, qiz esa ularni yechishda yordam bergan. Uy vazifasi bajarilgandan keyin, bola “Sizga qo‘ng‘iroq qilganim uchun uzr” deb aytgan. Shunda xayrixoh qiz “Hechqisi yo‘q, tashvishlanma”, deb javob qilgan.
Xodima ushbu ishi uchun rahbariyati va politsiyadan maqtov olgan, hamkasblari esa uni NBS News jurnalistlariga o‘z ishiga astoydil yondashuvchi xodim sifatida ta'riflashgan.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026