Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor o‘z diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi
Foto: AP Photo/John Locher
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Nevada shtati Atletika komissiyasining uni olti oyga diskvalifikatsiya qilish va 50 ming dollarlik jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi. Bu rossiyalik Habib Nurmagomedovning jamoasi vakillariga qarshi mojaroda ishtirok etganlik tufayli sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Men Nevada Atletika komissiyasiga adolatli qaror uchun minnatdorman. Raqibning qarindoshlari bilan jang qilish o‘sha oqshom mening maqsadim emas edi. Vaziyat shunday ko‘rinish oldi. Ortga qaytish vaqtini sabrsizlik bilan kutaman», - deya yozgan Makgregor tvitterda.
Ma'lumot uchun: Habib Nurmagomedov Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin uning ishtirokida chiqqan to‘polon uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatildi. Nurmagomedov, shuningdek, 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib UFC’da Abubakr Nurmagomedov va Tuxugovning diskvalifitsikatsiya muddati tugamaguncha jang o‘tkazmasligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025