Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Tourism challenge tanlovi o‘tkaziladi
Prezidentning 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovda mamlakat ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar (ta'lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;
2. Sayohatga borgan hududga borgach, tanlovning mas'ul vakilidan tegishli atributni (ta'lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;
3. Shundan so‘ng, xarita yonida va turizm obektlarida o‘z jamoasi bilan suratga tushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boshqalar) orqali chorlov yo‘llaydilar va o‘z sayohatlarini keng yoritadilar.
Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:
- sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga - yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);
- sayohatlarning umumiy masofasi;
- sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o‘ziga hosligi (kreativligi);
- sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
- sayohatlar soni;
- sayohatchilar soni;
- sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi).
- sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.
Tanlov g‘oliblari 2018-2019 o‘quv yilining so‘ngida oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta'lim maktablari bo‘yicha alohida aniqlanadi va e'lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rinlar: qo‘shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);
2-o‘rinlar: qo‘shni bitta mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi
(50 dona);
3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.
Batafsil ma'lumotlarni www.tourchallenge.uz sayti hamda +998951933402 telefon raqami orqali olish mumkin.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026