Sport | 16:12 / 31.01.2019
10403
2 daqiqa o‘qiladi

Fellayni «Manchester Yunayted»ni tark etdi

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Maruan Fellayni Xitoyga uchib ketishi oldidan aeroportda tushgan suratini «Instagram» sahifasiga joyladi.

Suratga «Qani ketdik» yozuvi tushirilgan.

Sky Spors xabariga ko‘ra, 31 yoshli belgiyalik Xitoy chempionatida 3-o‘rin sohibi «Shandun Lunen» klubi bilan 3 yillik shartnoma to‘g‘risida kelishib olgan. U yangi klubi uchun allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tib ulgurgan va barcha rasmiyatchilik ishlari yakunlangach, transfer haqida rasman ma'lum qilinadi.

Xitoyliklar Fellayni uchun «MYu»ga 10 mln funt to‘lashmoqda.

Maruan o‘tgan yozda «qizil iblislar» bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirgan edi. Uning klubdan ketishi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani bilan bog‘liq. Dekabr o‘rtalarida bosh murabbiy etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsher hozirga qadar unga maydonda jami 31 daqiqa imkoniyat berdi xolos. Xavbek hozir jarohatidan sog‘ayish bosqichini o‘tamoqda.

Ayni paytga kelib, Maruan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ushbu suratni ham joylashtirib, unga «Sizlarni sog‘inaman», deb izoh yozdi.

 

Mavzuga oid