Jahon | 23:40 / 31.01.2019
6951
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada oxirgi 25 yil ichidagi rekord miqdordagi kokain partiyasi aniqlandi

Foto: pixabay

Italiyada politsiya oxirgi 25 yil ichidagi eng yirik kokain partiyasini musodara qildi. Kokain partiyasi 2 tonnani tashkil qilgan. 

Giyohvandfurushlar bu miqdordagi kokain uchun 500 mln yevro pul olmoqchi bo‘lishgan. Narkotik moddalar kontrabandasi kanalini to‘sishga qaratilgan operatsiyada Italiyadan tashqari, Kolumbiya, Buyuk Britaniya va Ispaniya mutasaddi idoralari ishtirok etgan.

Ma'lum qilinishicha, jinoyatchilar 60 ta qopga solingan giyohvand moddani Genuya portidagi konteynerga yashirishgan. U yerdan kontrabanda Barselonaga jo‘natilishi kerak bo‘lgan.

Giyohvand modda Ispaniyada Kolumbiyadagi “Ko‘rfaz klani” deb nomlangan narkokartel bilan hamkorlik qiluvchi bir necha jinoiy to‘dalar orasida taqsimlanishi rejalashtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid