Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi qurilishi sohasida juda ko‘p miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi
Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va suv xo‘jaligi qurilishiga oid qonunlar ijrosi doimiy nazorat qilib kelinmoqda, deb xabar beradi mahkama matbuot xizmati.
Mazkur yo‘nalishdagi tekshirishlarda “O‘zsuvqurilishta'minot” respublika birlashmasi, “Davsuvmaxsuspudrat” va boshqa suv xo‘jaligi korxonalarida dalolatnomalarga soxta yozuvlar kiritib, 4 mlrd 270 mln 204 ming so‘mlik mol-mulk va mablag‘lar talon-toroj qilinib, 71 mln so‘mlik ish haqi noqonuniy to‘langanligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:16 / 15.12.2025
Toshkentda xalqaro suv haftaligi o‘tkaziladi
14:44 / 10.09.2025
O‘zbekistondagi ikki kanal xalqaro irrigatsiya merosi deb e’tirof etildi
09:30 / 03.09.2025
Suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi
07:26 / 27.08.2025