O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 27 yanvaridan 1 fevraliga qadar Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlarni tayyorlash davom ettirilgan hamda 2019 yil uchun dala demarkatsiya ishlari hajmi rejalashtirilgan.
Muzokaralar ikki davlat uchun ham an'anaviy bo‘lgan do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida tegishli Bayonnoma imzolandi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasini yakunlayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024
Shols Qozog‘istonda hamkorlikni kuchaytirish rejalari haqida ma’lum qildi
18:55 / 16.09.2024
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammitida ishtirok etadi
14:40 / 16.09.2024