Toshkentda 120 ming dollarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
2019 yil 30 yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tuman IIO faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil may oyida Shayxontohur tumanida yashovchi Sh.A. Chilonzor tumanida joylashgan o‘ziga tegishli mebel do‘konida fuqaro I.Sh.ga birgalikda tadbirkorlik qilishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan 120 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:58 / 19.09.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
18:31 / 18.09.2024
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
22:42 / 17.09.2024