O‘zbekistonga Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda
4-5 fevral kunlari Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri Shahin Mustafayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi.
AzerTac agentligi xabariga ko‘ra, mazkur delegatsiya tarkibidan qishloq xo‘jalik vaziri Inom Kerimov, «Ozarboyjon temir yo‘llari» YoOJ raisi Javid Gurbanov, «Kaspiy dengiz paroxodchiligi» (ASCO) YoAJ raisi Rauf Veliyev, «Boku xalqaro dengiz savdo porti» YoAJ bosh direktori Talih Ziyadov va boshqa rasmiy shaxslar, shuningdek, qator ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari o‘rin oladi.
Ozarboyjon delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari O‘zbekistonning tegishli vazirlik va kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar olib borishi, ishlab chiqarish korxonalari hududlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:51 / 03.10.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi sezilarli tarzda o‘smoqda
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
09:50 / 20.09.2024