Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani JST qoidalarini buzganlikda gumonlamoqda
AQSh Rossiya Jahon savdo tashkiloti (JST)ning normalarini buzishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» AQShning tashkilotdagi savdo vakili hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, agar Rossiya tomonidan buzilish yuz bergani aniqlansa, unda zarur «choralar» ko‘riladi.
«[Qo‘shma Shtatlar] muammoni hal qilish va Rossiya bozorlarini AQShdan eksport uchun ochiq qoldirish maqsadida barcha zarur choralarni o‘rganib chiqadi va amalda qo‘llaydi», - deyiladi hujjatda.
Shuningdek, hisobot mualliflari Rossiyaning mamlakatga tovarlar olib kirish va olib chiqish bo‘yicha normalarini tanqid ostiga olishdi. Xususan, ular Rossiyada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va ayrim soliq hamda yig‘imlar borasida salbiy fikr bildirganlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela JSTga AQSh ustidan shikoyat qilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026