Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «Navro‘z» istirohat bog‘i yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi
Toshkent shahridagi «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i temiryo‘lchilar tomonidan yil oxiriga qadar qurilib, aholi foydalanishi uchun topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar qilmoqda.
Mazkur loyihani barpo etish vazifasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» unitar korxonasi quruvchilariga topshirilgan.
Bog‘ uchun 32 gektar yer ajratilgan bo‘lib, bu yerda 3 ming kishilik amfiteatr, diametri 72 metrlik charxpalak, har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, yashash tarzi, milliy hunarmandchilik, pazandachilik an'analarini aks ettiruvchi uylar va ustaxonalar, ayvon-u choyxonalar qad rostlaydi.

Mazkur bog‘da ommaviy sayllar, konsertlar tashkil etilib, O‘zbekiston aholisi, xususan, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Mustaqillik, Navro‘z kabi bayramlar shu yerda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026