O‘zbekiston | 17:24 / 06.02.2019
19476
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoqning O‘zbekiston bilan muzokaralar bo‘yicha rejalari oshkor etildi

Foto: Reuters/Yves Herman

Yevroittifoq O‘zbekiston bilan yangi keng qamrovli bitim bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashni rejalashtirmoqda. Uning imzolanishi sarmoyalar uchun qulay muhit yaratishga, shuningdek, tashqi siyosat masalalari bo‘yicha hamkorlikni ta'minlashga imkon beradi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti YeI tuzilmalaridagi manbalarga asosan xabar berdi.

YeI delegatsiyasi O‘zbekistonda tomonlar o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi yangi bitim bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazmoqda. Bitim 1999 yildan buyon amalda bo‘lgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi hozirgi kelishuvni almashtiradi.

YeIning bitim bo‘yicha muzokaralar pozitsiyasi o‘tgan yil iyul oyida tasdiqlangan edi. Kutilishicha, bo‘lajak bitim siyosiy muloqot va islohotlar, qonun ustuvorligi, adliya, erkinlik va xavfsizlik, inson huquqlari, korrupsiya bilan kurash, migratsiya hamda savdo, shuningdek, iqtisodiy va barqaror rivojlanish kabi sohalarni qamrab oladi.

Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kengaytirilgan bitim tufayli YeI O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan, demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga oid so‘nggi qadamlarni, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning yangi dinamikani yanada yaxshiroq qo‘llab-quvvatlay oladi.

Mavzuga oid