Jahon | 21:14 / 08.02.2019
29820
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada rekord kattalikdagi kvartira sotildi

Moskvaning yangi qurilgan uylar bozorida rekord kattalikdagi uy sotildi. Bu haqda Urbanus tahlilchilari materialida ma'lum qilingan.

Eng shinam kvartira 2018 yil oxirida sotilgan, uning maydoni 449 kvadrat metrni tashkil qilgan. Rekordchi kvartira “Zolotaya milya”dagi (“Kropotkinskaya” metro stansiyasi atrofidagi hududning norasmiy nomlanishi) uy-joy majmualaridan birida joylashgan. Majmuadagi uylarning har bir kvadrat metri o‘rtacha narxi 1,62 mln rublni tashkil qiladi. 

Shu narxdan kelib chiqib, kvartiraning minimal narxi 727,4 mln rublga baholangan.

Avvalgi rekord 2018 yil mayida o‘rnatilgan. O‘shanda 443 kvadrat metrlik uy 329 mln rublga sotilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid