Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:00 / 08.02.2019
6713
1 daqiqa o‘qiladi
Quvadagi xonadonda yong‘in: uy egasining jasadi topildi
2019 yil 7 fevral kuni soat 14:10da Farg‘ona viloyatining Quva tumani Sanoatchilar MFYda yashagan M.Q.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Oqibatda uyining 40 kv.m maydoni yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida M.Q.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish