Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Cobalt yukxonasidan 29 mln so‘mlik mobil telefonlar o‘g‘irlab ketildi
2019 yil 10 yanvar kuni soat 20:30dan 23:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar Toshkent shahrining Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan “Chimkent” kafesi oldida qarovsiz qoldirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi S.M.ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina yukxonasidan umumiy qiymati 29 800 000 so‘mlik turli xildagi mobil telefonlarni o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida yashovchi J.A. va Namangan shahar Navoiy 5-berk ko‘chasida yashovchi N.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026