Allamjonov rasman Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
2019 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Komil Ismailovich Allamjonovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.
Hujjatda Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qilishi belgilangan edi;
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlariga tenglashtirilganligi e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
22:07 / 03.12.2024
“Banditlar boshqargan ekan-da?” - Javlon Yunusovning Toshkentdagi qurilish loyihalaridan odamlar norozi
01:57 / 26.11.2024
Allamjonovga suiqasd: tergovning yangi tafsilotlari, jinoyatni fosh etishga to‘sqinlik qilgan amaldorlar va katta tozalash
16:11 / 25.11.2024