Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holatlarni aniqladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qo‘llanishi ahvoli o‘rganilganda 2 944 nafar (2,4 %) nogironligi bo‘lgan shaxslarga soliq imtiyozlari qo‘llanilmasdan qolgani ma'lum bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova Kun.uz'ga xabar berdi.
O‘zbekiston Soliq kodeksiga ko‘ra, I va II guruh nogironlarining 60 kv.m.gacha bo‘lgan mol-mulkiga soliq solinmaydi hamda ular yer solig‘idan to‘liq ozod qilingan.
2018 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, Respublikada nogironligi bo‘lgan shaxslarning jami 699 900 nafari qayd etilgan, shundan I guruh-64 176, II guruh-464 254, III guruh-71 492, 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar-99 978 nafarni tashkil etadi. Ularning 528 430 nafari soliq imtiyoziga ega.
«Soliq kodeksiga asosan 121 493 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilib, 116 629 nafari yer solig‘idan ozod qilingan. O‘rganish davomida 2 944 nafar (2,4 %) nogironligi bo‘lgan shaxslarga soliq imtiyozlari qo‘llanilmasdan qolganligi aniqlandi», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Bosh prokuratura ushbu holatning kelib chiqishiga:
– soliq, moliya, kadastr idoralari, pensiya jamg‘armalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining soliq imtiyoziga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida o‘zaro ma'lumot almashinuvi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
– soliq imtiyozlari bilan bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarining yetarlicha o‘tkazilmaganligi sabab bo‘lganini ta'kidlamoqda.
«O‘rganish natijasida 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 143,1 mln. so‘m mol-mulk soliq imtiyozi, 2 694 nafariga 184,0 mln. so‘m yer solig‘idan ozod qilinishi, jami 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 327,1 mln. so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilishi ta'minlandi», — deya ta'kidlanadi Bosh prokuratura axborotida.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021