Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryussel YeI diplomatlarini rossiyalik yuzlab josuslar haqida ogohlantirdi
Foto: Shutterstock
Bryusselda 250ga yaqin xitoylik va 200 nafar rossiyalik josus ishlayapti. Bu haqda Die Welt gazetasi YeI diplomatlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Yevropa tashqi faoliyat xizmati ichki xavfsizlik xizmati Bryusselda ishlayotgan diplomatlarga Yevropa mavzesidagi (Yevroittifoqning Bryusseldagi ofislari katta qismi joylashgan, Bryusseldagi mavze norasmiy nomi) bir qator joylarga e'tibor qaratishni maslahat bergan. Xususan, bu Yevrokomissiya qarorgohi yaqinida joylashgan tamaddixonalar va kafelarga aloqador.
Xizmatdan aniqlik kiritishlaricha, Xitoy va Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari asosan o‘z davlatlari elchixonalari yoki savdo vakolatxonalarida ishlaydi.
Shuningdek, Die Welt xabariga ko‘ra, Rossiya bundan avval Belgiya poytaxtidagi josuslar soni bo‘yicha yetakchilik qilgan, ammo aniq ma'lumotlar berilmagan. Shuningdek, Bryusselda AQSh va Marokash agentlari faol ishlaydi.
Mavzuga oid
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
13:22 / 27.12.2025
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
12:53 / 27.12.2025
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
12:04 / 27.12.2025