Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv joyiga aniqlik kiritdi
Foto: KCNA KCNA / Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi Xanoyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar rahbari Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning vakillari Shimoliy Koreyani samarali uchrashuvdan so‘ng tark etishgan, ular ikkinchi sammit vaqti va joyi haqida kelishib olishdi. «Rais Kim bilan uchrashuvni kutmoqdaman. Unda tinchlikka erishishga harakat qilamiz», - deb yozgan AQSh prezidenti.
Avvalroq, 6 fevral kuni, Donald Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvi Vetnamda 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi. Sammit haqida boshqa tafsilotlar yo‘q.
AQSh-KXDR birinchi sammiti 2018 yil 12 iyunda Singapurda o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra, tomonlar qo‘shma bayonotni qabul qildi, unda KXDRning to‘liq yadrosizlanishga tayyor ekani aytiladi. Bunga javoban AQSh Pxenyanga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga va'da berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh va Janubiy Koreya Tramp hamda Kim Chen In muzokaralarini muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025