Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuksalish» umummilliy harakati xorijdagi vatandoshlarga qanday yordam beradi?
Yangi tashkil topgan nodavlat notijorat tashkilot — «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonovning aytishicha, «Yuksalish» boshqalarga moliyaviy yordam masalasini bo‘yniga olmaydi.
Tashkilot xorijdagi yurtdoshlarga huquqiy va ijtimoiy jihatdan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Masalan, migrantlarning huquqlarini himoya qilish, ularga sharoit yaratib berish, elchixonada hal bo‘lmaydigan masalalarni hal qilib berishi mumkin, deb ta'kidlaydi Burxonov.

«Yurtboshimiz ham farmonda ta'kidlab o‘tdilarki,tashkilot bunday masalalarni parlamentga olib chiqish, hudud vaziyatidan kelib chiqib taklif kiritish vakolatiga ham ega», — deydi u.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonovga ko‘ra, tashkilotning aynan o‘zgarmas yo‘nalishlari yo‘q. Fuqarolar, jamoatchilik qaysi masalani ko‘tarsa, tashkilot o‘shani o‘rganadi va hal qiladi.
Nodavlat-notijorat tashkilotlar dunyo miqyosida ko‘payib bormoqda va davlat rivojlanishi uchun ularning hissasi kattaligi ham qayd etilmoqda. O‘zbekistonda bunday tashkilotlarning birin-ketin paydo bo‘lishiga Burxonov quyidagicha munosabat bildirdi:
«O‘zbekistonda bunday tashkilotlar ko‘p, deb aytolmaymiz. Ularning soni 9-10mingga yetdi, deymiz, ammo ularning aksariyati yo Yoshlar ittifoqi, yo Xotin-qizlar qo‘mitasiga tegishlidir. Hali biror ijtimoiy masalani hal qiladigan, yo‘naltirilgan tashkilot yo‘q. Amerikada ularning soni 600 000dan ortiq. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ko‘rdikki, islohotlarni targ‘ib qilishda, ayniqsa fuqarolik jamiyatlarida davlat organlariga daxldor bo‘lmagan moliyaviy masalalarda nazorat qilish, aholini ijtimoiy faollashtirish va buni nazorat qilishda ularning o‘rni juda muhim», — deydi u.
Akmal Burxonov bilan intervyuni video formatda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
14:10 / 07.12.2023
O‘zbekiston xorijiy mansabdorlarga pora berishga qarshi konvensiyaga qo‘shiladi
21:53 / 04.12.2023
“Yog‘li” budjet, elitar korrupsiya va kechikayotgan deklaratsiyalash - Akmal Burhonov bilan suhbat
11:26 / 01.12.2023