Jahon | 16:50 / 10.02.2019
2374
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda 2500 tomoshabinga mo‘ljallangan opera zali barpo etiladi

Foto: Anado‘lu agentligi

Istanbuldagi Taqsim maydonida Otaturk nomidagi yangi madaniy markaziga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qatnashdi, deb xabar bermoqda Anajo‘lu agentligi.

Erdo‘g‘an Otaturk nomidagi madaniyat markazining barpo etilishini Turkiya madaniyati va san'ati tarixidagi muhim voqea o‘laroq baholagan.

Turkiya yetakchisi qariyb 10 gektar maydonni egallaydigan markaz beshta korpusdan iborat bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Markazning qurilishiga ikki yil vaqt sarflanadi.

Markazda 2500 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan opera zali ham barpo etiladi. U yerda shuningdek teatr zallari, kinoteatrlar, kutubxonalar, do‘konlar, kafe va restoranlar quriladi.

Erdo‘g‘an qurilish loyihasiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 860 million lira ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

«Otaturk nomidagi yangi madaniy markaz Istanbulning ramzlaridan biriga aylanadi», — deya ta'kidlagan Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti shuningdek Rami kazarmalar tumanida turk megapolisining eng katta kutubxonasi barpo etilishini ham aytib o‘tgan. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid