Jahon | 14:37 / 12.02.2019
6220
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada FETO ishi bo‘yicha mingdan ortiq kishi hibsga olinadi

Foto: REUTERS

Turkiya xavfsizlik kuchlari mamlakatning 76 viloyatida ommaviy antiterror operatsiyasini o‘tkazadi, deb xabar berdi TGRT telekanali.

Xabar qilinishicha, Turkiya prokuraturasi FETO terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan 1112 kishini hibsga olishga order bergan.

Turkiya hukumati Gulenning FETO tashkilotini 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. AQShda yashayotgan Gulen esa bu ayblovni rad etmoqda.

Turkiyada FETO tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib minglab kishilar sudlandi, o‘n minglab kishilar davlat idoralaridagi ishidan chetlashtirildi. Ularning aksariyatini ofitserlar, OAV vakillari, tadbirkorlar tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid