Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ochiq gapira olmaymiz»: Abe Putin bilan muzokaralarning «maxfiyligini» tushuntirdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy muzokaralari ochiqlanmaydi, sababi tomonlar yuqori darajadagi «samimiylik»ni saqlab qolishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Abe ushbu bayonot bilan parlamentning budjet qo‘mitasidagi nutqi vaqtida chiqish qildi.
Sobiq tashqi ishlar vaziri Kadzuya Okada bosh vazirdan, yapon siyosatchilari Putin bilan uch soatlik muzokaralar yozuvi bilan tanishishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida so‘radi
«Bu prezident Putin bilan yakkama-yakka muzokaralardir. Tabiiyki, ular samimiy bo‘lishi kerak, shuning uchun hozir tafsilotlar oshkora qilinsa, unda keyingi safar ham u, ham men, ochiq gaplasha olmaymiz», - deya tushuntirdi Abe.
Uning qayd etishicha, tomonlar shaxsiy muzokaralar formatiga kelishi «qiyin» bo‘ldi hamda «odamlar ko‘p bo‘lgan yerda» aytilmaydigan narsalar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh raketalari uchun ideal joyni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026