Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xuan Guaydo AQSh hukumatiga ishlashda ayblandi
Venesuela muxolifati yetakchisi, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo AQSh tomonidan bir necha yil avval yollangani va u tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ayblandi. Buni Venesuelaning Rossiyadagi elchisi Karlos Rafael Faria Tortosa ma'lum qildi.
Diplomatning aytishicha, Guaydo amerikaliklar tomonidan 10 yilcha avval yollangan. “Ma'lumotlarimizga ko‘ra, u o‘qish uchun Serbiyaga jo‘natilgan. Va shundan keyin barchasi boshlangan”, deb aytgan Tortos va yaqin kunlargacha muxolifatchi haqida hech kim hech narsa bilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Elchining aytishicha, “belgilangan vaqt kelib”, Guaydo o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishni boshlagan, biroq u hali bunga tayyor emas. “U faqatgina qo‘g‘irchoq, u yerda AQSh uning ortidan turib, gapirishi uchun turibdi”, deb ta'kidlab o‘tgan diplomat.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026