Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi ulkan tirbandlik videosi
Internetda kopterdan olingan, Guandun viloyatida xitoycha yangi yilni nishonlash arafasida hosil bo‘lgan ulkan tirbandlik videosi paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, viloyatda 110 mln kishi yashaydi.
Xitoyga bayram tantanalari haftaligida mahalliy aholidan tashqari, ko‘plab sayyohlar tashrif buyurgan.
Xitoyda 2018 yilda 27,5 mlnta avtomobil sotilgan. Eng ko‘p miqdorda Volkswagen (3172080 dona avtomobil ), Honda (1452451) va Geely (1385185) modellari sotilgan.
2011 yilda Pekin-Tibet trassasida yo‘l ta'mirlanayotgani sababli bir necha yuz yuk mashinasi tirbandlikda qolib ketgan. Tirbandlik 100 km gacha cho‘zilib ketgan, ba'zi haydovchilar unda 9 kun o‘tkazishga majbur bo‘lgan. 2010 yil avgustda esa ko‘mir olib ketayotgan bir necha ming yuk mashinasi Xebey viloyati va Ichki Mo‘g‘uliston muxtor okrugi bo‘ylab 260 km lik tirbandlik hosil qilgan. Ushbu tirbandlik dunyodagi eng uzuni hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026