Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish taklif qilindi
Foto: RIA Novosti / Grigoriy Dubovitsiy
Amerikalik senatorlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritdilar.
Sanksiyalarni “AQShdagi saylovlarga aralashuv”, “Suriyaga yomon ta'sir” va “Ukrainadagi agressiya” uchun kiritish taklif qilinmoqda. Moskva bu holatlar bo‘yicha ayblovlarni rad etib keladi.
Qonun loyihasida Rossiya banklariga, Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz bo‘yicha xorijdagi loyihalariga, Rossiya iqtisodiyotining kibersektoriga qarshi sanksiyalar kiritish taklif qilingan.
Shuningdek, FSBning Kerch bo‘g‘ozidagi voqeaga aloqador 24 nafar xodimiga qarshi, Rossiyaning suveren qarzi bo‘yicha har qanday yangi bitimga sanksiyalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Senatorlar, shuningdek, AQSh ma'muriyatiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aktivlari va Boris Nemsovning o‘ldirilishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlashni taklif qilishgan.
Mavzuga oid
15:17
Eron Qatar va Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi
15:13
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
14:52
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
14:49