Jamiyat | 15:09 / 14.02.2019
6131
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi pista qadoqlash sexida yong‘in yuz berdi

Illyustrativ foto

2019 yil 13 fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Bahtiyor Factor” MChJga qarashli pista qadoqlash sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda sexning jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida shu sex ishchisi, Chilonzor tumanida yashovchi T.P. (ayol) kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid