O‘zbekiston | 14:34 / 14.02.2019
20939
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Qashqadaryo viloyatida xalq ta'limi boshqarmasiga rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 14 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosiy fanlar nomzodi Behzod Xonimqulovich Jo‘rayev Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri 2019 yil 12 fevralda ushbu lavozim tayinlovi to‘g‘risidagi tegishli buyruqni imzoladi.

Ma'lumot uchun: Behzod Jo‘rayev shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid