Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShni «reketchilik»da aybladi
Rossiya hukumati AQShning turli «reketchilik hujumlari»dan himoyalanish uchun qator samarali choralarni ko‘rib qo‘ydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda TASS xabar qildi.
Peskov bular qanday choralar ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Kreml vakili Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan sanksiyalarni oshkora rusofobiyaning ko‘rinishi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik qonunchilarning Rossiya energoloyihalari va banklariga qarshi cheklovlar kiritishga urinishi reketga yaqin.
Avvalroq AQShdagi bir guruh senatorlar Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgandi.