Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fransiyaga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
14 fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Fransiyaning elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari, Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen De Vilmor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Xususan, O‘zbekiston tomoni ikki mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida agrosanoat kompleksini rivojlantirishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qilgan.
Fransiya tomoni O‘zbekiston vakillarini Parijda bo‘lib o‘tadigan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:29 / 03.04.2026