Ekspertlar yashash sifati bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzishdi
Numbeo global ma'lumotlar bazasi mutaxassislari turli mamlakatlardagi yashash sifati bo‘yicha 2019 yilgi reytingni e'lon qilishdi. Reytingni tuzishda 71 mamlakatdagi aholining xarid qobiliyati, xavfsizlik ko‘rsatkichlari, sog‘liqni saqlash darajasi, yashash xarajati, ko‘chmas mulk bahosi, yo‘lga sarflanadigan o‘rtacha vaqt, ifloslanish darajasi va iqlim kabilar o‘rganildi.
Reytingning eng yuqori o‘rinlaridan Daniya, Shveytsariya va Finlyandiya joy oldi. Shuningdek, Avstraliya, Avstriya, Niderlandiya, Islandiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Norvegiya dastlabki 10talikka kiritildi. Yaponiya va AQShni ortda qoldirgan Estoniya 11-o‘ringa joylashdi.
Belorusiya 37-, Rossiya 59-, Ukraina 62-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyodan reytingga kiritilgan yagona davlat – Qozog‘istonga 69-o‘rin nasib etdi.
So‘nggi 71-o‘rindan Misr joy oldi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024