Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Lukashenko bir jamoada o‘ynashdi (video)
Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 15 fevralda Sochidagi “Shayba” muz arenasida xokkey bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi.
Ikki yetakchi bir jamoada – “Yo‘lbarslar” jamoasida harakat qilib, “Ayiqlar” jamoasini 16:1 hisobida tor-mor etishgan.
Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining uch kunlik muzokaralariga o‘ziga xos nuqta yasagan.


Uchrashuv 15 daqiqadan 3 taym davom etgan. Prezidentlar bilan bir jamoada Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay ham birga shayba surdi. Belarus prezidenti va o‘g‘li muzga 1-raqam, Putin esa 11-raqam ostida chiqishgan.
Putin va ota-o‘g‘il Lukashenko o‘z hisoblariga shaybalar yozib qo‘yishgan. Darvozaning ishg‘ol qilinishi bilan yakunlangan bir qator vaziyatlar uchovlonning birgalikdagi harakatlari natijasi bo‘lgan.

Lukashenko va Putin birinchi marta birgalikda muzga chiqishlari emas. Rossiya prezidenti xorijiy hamkasblarini xokkey o‘ynab turishga tez-tez chaqirib turadi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026