Jamiyat | 16:32 / 16.02.2019
10604
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryodagi Xalq qabulxonalariga Cobalt’lar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

Tadbirda Xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimlari topishda samarali tizimni yo‘lga qo‘ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklar kamaygani, tizimga ko‘plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta'kidlandi.

– Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi, – dedi Sirdaryo viloyati prezident Xalq qabulxonasi mudiri Xolmirza Qo‘ldoshev. – Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta'minlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag‘bat zimmamizdagi mas'uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ham ishtirok etgan.

 

Mavzuga oid