Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch va Xivada kichik turizm zonalari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 yildagi 119-son qarori bilan 2019–2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, Urganchda Shovot kanali bo‘yida «Shovot» kichik turizm zonasi (bundan keyin – KTZ), Xivada esa «G‘ovuk ko‘l» KTZ tashkil etiladi. U yerda zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obektlar quriladi. 2 oy muddatda KTZning aniq chegaralari belgilanadi.
25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati EIZ va KSZ ma'muriy kengashi turizm zonalarida investorlar uchun yer ajratilishini ta'minlaydi.
KTZni tashkil etish va rivojlantirish ishi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun bosh vazir o‘rinbosari, Xorazm viloyati, Urganch va Xiva hokimlari, qurilish, suv xo‘jaligi, UKX va boshqa vazirlarning o‘rinbosarlari tarkibida respublika ishchi guruhi tasdiqlandi.
Viloyat hokimligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2 oy muddatda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan qo‘shimcha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga ilovada 2019–2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi taqdim etilgan. Ular jumlasida:
• «Ichan-qal'a» majmuasi hududida yashayotgan tub aholini Xiva atrofida barpo etiladigan yangi ko‘p qavatli uylarga bosqichma-bosqich ko‘chirish. Ushbu chora tarixiy majmuaning umumbashariy bemisl ahamiyatini, «tirik muzey-shahar» maqomini saqlab qolish, aholining turmush tarzini yaxshilash, oilalarning o‘ziga xos hunarmandchilik va qadimiy kasb turlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish imkonini beradi;
• Urganchda mahalliy (Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Namangandan) hamda Frankfurt, Istanbul, Anqara, Izmir, Volgograd, Dehli, Futszyandan xalqaro aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;
• Xiva temir yo‘l vokzalidan «Ichan-qal'a» majmuasigacha bo‘lgan ko‘chadagi barpo etilayotgan obektlarda hududning tarixiy-madaniy muhitiga uyg‘un holda har xil ko‘ngilochar maskanlar va savdo shoxobchalarini joylashtirish.
Hujjat 13.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:00
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026