O‘zbekiston | 14:47 / 17.02.2019
6136
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» bir yilda aholidan salkam 40 ming murojaatni qabul qildi 

Foto: O‘zbekenergo

«O‘zbekenergo» AJ va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarida 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumiy soni 37844 ta tashkil qiladi. Shulardan 22218 tasi O‘zbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlardir, deb xabar bermoqda jamiyat axborot xizmati. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu murojaatlarda ko‘rsatilgan asosiy masala — elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar va elektr energiya uzatish tarmoqlarining transformator punktlarini yangilash, ta'mirlash muammolarini hal qilish to‘g‘risida.

«Kelib tushgan ushbu  murojaatlarning 69 foizi qanoatlantirilgan, 39 foizi ijobiy yechimini topgan, 36 foizi esa huquqiy maslahat va ma'lumot berish orqali hal qilingan. Ko‘rsatgichlar shuni ko‘rsatadiki murojaatlarning 31 foizi umumiy tushuntirishlar berilishi orqali ko‘rib chiqilgan», — deyiladi «O‘zbekenergo» axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vakolatli organ —​ vazirlik tashkil etilib, unga O‘zbekiston hukumati a'zosi, Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan Alisher Sultonov rahbar etib tayinlangan edi

Tegishli hujjatga muvofiq, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid