Özbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini örnatuvçi yangi vakolatli organ —​ vazirlik taşkil etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hukumati a'zosi, Boş vazir örinbosari — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari Alişer Sultonov ​yangi taşkil etilgan vazirlikni boşqarişi kutilmoqda.  

Tegişli hujjatga muvofiq, «Özbekenergo» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boşqaruvi organiga ötkaziş nazarda tutilgan. 

Özbekiston Prezidenti yaqin kunlarda «ixçam hukumat»ni işlab çiqiş, Vazirlar Mahkamasini isloh etişga çaqirgandi.​

«Biz markazda va joylarda ortiqça majlislarni keskin kamaytirib, köproq amaliy işlar va aniq natija bilan şuğullanişimiz kerak. Nega deganda, odamlar quruq majlisbozlikdan çarçadi.

Olib borayotgan islohotlarimiz va davr talabidan kelib çiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş, uni çinakam ijro hokimiyatining oliy organiga aylantiriş vaqti keldi, deb öylayman», —​ degandi Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan ma'ruzasid​a.

Şunday qilib, Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi​ ham tugatilişi, örniga Energetika vazirligi iş boşlaşi mumkin. Şu bilan birga Alişer Sultonov Boş vazir örinbosari lavozimidan ketib, vazirlik bilan çeklanadi, ammo avvaldan uning nazoratida bölgan tarmoqning barça taşkilotlari Sultonov ixtiyorida qoladi.