Jahon | 15:11 / 18.02.2019
11819
3 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev yoshlarga maslahatlar berdi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘sib kelayotgan avlodga bir qator maslahatlar berdi. Uning videointervyusi Qozog‘iston Respublikasi prezidentining Teleradiokompleksi tomonidan e'lon qilindi.

«Hayot darslari insonga o‘zini ochib beradi va yoshlarga maslahat beradi. Yoshlarimiz bugun butun dunyo bilan muloqot qilmoqda. Yo‘llar ochiq, chegaralar ochiq. O‘zlari xohlagan joyda o‘qishmoqda, xohlagan joyda yashashmoqda. Dunyoni ko‘rishmoqda. Hammasini ko‘rishyapti - ularda qanday, bizda qanday. Shu bois, avvalo, yoshlar asosiy bazaviy ta'limga intilishlari kerak. Yoshlikni bekorga hamda har xil ko‘ngilocharliklarga sarflamasliklari lozim, bu keyin o‘zi keladi», - dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar, birinchi navbatda, ta'lim olishi kerak.

«Sababi raqobat nafaqat davlatlar o‘rtasida, balki har bir inson o‘rtasida kechmoqda. Bu raqobatda bilimga ega bo‘lganlar g‘alaba qozonadi», - deya ishonch bildirgan davlat rahbari.

Ikkinchisi - yosh yigitlar har qanday ishda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishi kerak.

«Bu ishni o‘rganish va kichik jamoada ham muvaffaqiyat hamda e'tirofga erishish. Uchinchidan, bu hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun sog‘lom bo‘lish kerak. Sog‘liqni saqlash, u bilan shug‘ullanish, sog‘likka putur yetkazadigan narsalarni qilmaslik. To‘rtinchidan, o‘ylashimcha, Vatanni, xalqni sevish, vatanparvar bo‘lish. Unga ham ichida, ham tashqaridan turib xizmat qilish», - dedi Nazarboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday shaxs tarbiyalansa - mamlakat va bo‘lajak yoshlar himoya ostida bo‘ladi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Prezident Teleradiokeshenі (@ptrk.kz) on

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev uylarni tozalash sharmandalik emasligi, ayollarning o‘z tanasini sotishi sharmandalik ekani haqida aytgandi.

Mavzuga oid