Nazarboyev: «Uylarni tozalash sharmandalik emas. Ayollarning o‘z tanasini sotishi sharmandalik»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yoshlarni ishdan uyalmaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.
«Men har doim yoshlarga uylarni tozalash sharmandalik yoki uyatli narsa emasligini aytaman. To‘g‘rimi? Ishsiz va baxsiz bo‘lish sharmandalik. Bu yerda juda ko‘p ish bo‘lsa-da, ayollarning o‘z tanasini sotishi sharmandalik. Yoshlar bilan uchrashuvdan oldin menga odamlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya haqida ma'lumot berishdi, ya'ni bolaga enagalik qilish, uylarni tozalash, taom tayyorlash va hokazo. Bu ish», - dedi prezident «Qozog‘istonning 100 yangi shaxsi» loyihasi g‘oliblari bilan uchrashuvda.
Davlat rahbari yig‘ilganlarga o‘z tarjimai holi haqida eslatgan.
«Men janubda katta bo‘lganim tufayli, yozdan boshlab - olma, bodring, pomidorlar terishga yordam berardim. Balki, shuning uchun, to‘yib ovqatlanmaganim sababli, sog‘lom bo‘lib katta bo‘lgandirman. Yaratgan menga shunday hayot berdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Nazarboyev.
Davlat rahbarining e'tibor qaratishicha, somonli loydan qilingan ikki xonali uyda yashagan va maktabni medal bilan tugatib, ota-onasiga yordam berish uchun metallurg sifatida ishga borgan.
«Qo‘limda belkurak bilan po‘lat erituvchi sifatida ish boshlaganman va hech qachon prezident bo‘lish haqida o‘ylamaganman. Lekin o‘z ishimni halol bajarishga harakat qildim. Meni qadrlashdi, meni ko‘tarishdi, 19 yoshda ishlab chiqarishda eng ilg‘or ishchi bo‘lganman, kombinat o‘z pullariga Qarag‘anda politexnika universitetiga o‘qishga jo‘natdi. Xelsinkida talabalar Butunjahon yoshlar festivali delegatiga aylandim. Men o‘shanda 20 yoshda edim. Tasodifan siyosatga kirib qoldim, endi esa prezidentman», - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev o‘zining yaxshi jismoniy holati sirini oshkor qilgandi.
Mavzuga oid
17:03
Putin Qozog‘istonga kelib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
16:08
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
20:47 / 27.11.2024
Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv
17:29 / 27.11.2024