Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yangi xalqaro shartnomaga qo‘shildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma'qullangan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) qo‘shildi.
Ushbu xalqaro shartnoma intellektual mulkka oid mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro talablar O‘zbekiston tomonidan aniq va so‘zsiz ijro etilishini ta'minlashning e'tirofi bo‘lib, adabiy va badiiy asarlar mualliflari, ijrochilar va ularning fonogrammalarni takrorlash borasidagi huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026