Poroshenko prezidentlikka nomzod bo‘lgan maslahatchisini ishdan bo‘shatdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z maslahatchisi Igor Smeshkoni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» agentligi prezident farmoniga asoslanib xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, Smeshkoni lavozimdan ozod etish haqidagi qaror 14 yanvardayoq imzolangandi.
«Igor Petrovich Smeshko Ukraina Prezidenti maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin», — deyilgan Poroshenkoning farmonida.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 31 martga belgilangan.
Smeshko prezidentlik saylovida qatnashishi haqida 13 yanvar kuni e'lon qilgandi.
U 2004-2005 yillarda Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi bo‘lgan. Poroshenko Smeshkoni 2014 yil aprelida o‘z maslahatchisi etib tayinlagan, u 2014 yilning oktyabridan Ukraina prezidenti huzuridagi razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi sifatida ishlagan, 2015 yil martidan esa prezidentning shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlangan.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024