Jamiyat | 15:32 / 18.02.2019
28717
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston - O‘zbekiston chegarasida besh nafar shaxs qo‘lga olindi

Foto: ITAR-TASS/Maksim Slutskiy

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining Jalolobod viloyati bo‘yicha chegarachilari militsiya bilan hamkorlikda tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxslarni qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlik Jalolobod TsUMida yuz bergan. Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Madaniyat- avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tishga urinish chog‘ida chegara naryadi tomonidan besh nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

«Tekshiruv davomida ularning yonidan avval o‘g‘irlangan tilla buyumlar topildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olingan shaxslar Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Jalolobod viloyati bo‘yicha xodimlariga topshirildi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid