Xitoyda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati keng targ‘ib qilina boshlandi
Xitoyliklarning yangi yil bayrami tugaganidan mamlakatda O‘zbekistonning turizm salohiyati va milliy mahsulotlar targ‘iboti faol yo‘lga qo‘yildi, sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarga start berildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Xitoylik hamkorlar tomonidan 500 mingga yaqin obunachisi bo‘lgan WeChat saytida O‘zbekistonning turizm sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “O‘zbekistonga vizalar yanada soddalashtirildi! Elektron vizaning bir necha turlari joriy etildi!” maqolasi chop etildi.
Chop etilgan maqolada, soddalashtirilgan viza olish tartibining joriy etilishi va xavfsiz mamlakat sifatida e'tirof etilgani sayyohlar oqimining oshishiga sabab sifatida ta'kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, maqolada O‘zbekistonga borish uchun olinadigan elektron vizaga murojaat qilish tartibi va arizani qanday to‘ldirish kerakligi hamda qaysi mamlakat fuqarolari vizasiz kirishi mumkinligi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Ta'kidlash joizki, 2018 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Shangsi provinsiyasi Sian shahri vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir uchrashuv o‘tkazilgan edi. Uchrashuvda Xitoydan Han Shui Tian Yao kompaniyasi rahbari janob Gao Long, Xian Joy International kompaniyasining rahbari janob Han Jun Feng va Sian aviakompaniyalar chipta sotish birlashmasi boshlig‘i Tao Jian xonim ishtirok etgan.
Tashkil etilgan tadbir davomida O‘zbekistonning milliy sayyohlik brendini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va 2019 yilda belgilangan xitoyliklarning Yangi yil bayrami kunlari tugaganidan keyin Sian shahrida joylashgan idorani qo‘mita vakillariga 3 yil davomida bepul foydalanishga berilishiga oid muzokaralar olib borilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov xitoyliklar bilan turizm sohasida hamkorlik qilishga doir memorandumni imzolagan. Shuningdek, Xitoy delegatsiyasi vakillari tomonidan XXRdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish uchun Toshkent-Sian-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni yo‘lga qo‘yish istagi bildirilgan edi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024