Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Sukhoi Superjet’dan bosh tortdi
Foto: Nicolas Economou / Getty Images
Irlandiyaning CityJet aviakompaniyasi Rossiyaga qarashli Sukhoi Superjet 100 samolyotlari ekspluatatsiyasidan voz kechdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya samolyotlari haqidagi axborot aviakompaniya saytidan yo‘qolib qolgan. Ushbu xabar yozilayotgan vaqtda ham Sukhoi Superjet to‘g‘risida ma'lumot bo‘lmagan.
Avvalroq, CityJet Rossiya samolyotlaridan voz kechishi mumkin ekani haqida «Grajdanskiye samoleti Suxogo» shirkati rahbari Aleksandr Rubsov xabar bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Irlandiya kompaniyasi o‘z biznes-modelini o‘zgartirdi, shuning uchun ilgari tuzilgan shartnomalarga «endi mutlaqo boshqacha ko‘z bilan qaralmoqda».
CityJet - Rossiyaning Sukhoi Superjet 100 samolyotlaridan foydalangan Yevropadagi yagona shirkat. Shartnomaga ko‘ra Irlandiyaga 15ta samolyot yetkazib berish rejalashtirilgandi, ammo aviakompaniya parkida faqat yettita bort bo‘lgan.
2011-2017 yillarda jami 156ta Sukhoi Superjet samolyoti chiqarildi. Eng yirik xaridor «Aeroflot» sanaladi (35ta samolyot).
Mavzuga oid
22:47
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026