Jahon | 19:30 / 19.02.2019
7565
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘z qo‘shinlarini Iroq orqali olib chiqadigan bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / Delil Souleiman

Suriyadagi AQSh qo‘shinlari Iroq orqali olib chiqiladigan bo‘ldi. Bu haqda Iroq bosh vaziri maslahatchisi, bosh vazir ma'muriyati boshlig‘i Abdulkarim Hoshim Mustafo ma'lum qildi.   

Uning aytishicha, Bag‘dod va Vashington bu borada tegishli kelishuvga erishgan. “1 apreldan kechikmay, hammasi shu vaqtgacha qilinishi lozim, bu AQShning bizga aytgani. Ularning Sharqiy Frot va Banguzdagi operatsiyasi yakunlanishi bilan qo‘shinlarni olib chiqishni boshlashadi”, deb aytgan Mustafo “Valday” munozara klubi tomonidan tashkil etilgan Yaqin Sharq bo‘yicha anjumanda.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid