Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh vaziri atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda
Kanadada bosh vazir Jastin Tryudo atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda. Bu haqda Globe and Mail nashri xabar berdi.
Joriy haftada Tryudo hukumatini uning bosh siyosiy maslahatchisi Jyerald Bats, o‘tgan hafta esa adliya vaziri va bosh prokurori Jodi Uilson-Reybould tark etgan. Ikki amaldorning ketishi Tryudo atrofidagi mojaro bilan bog‘langan.
Avvalroq nashr yuqori lavozimli amaldorlar 2018 yilda bosh vazir ofisida o‘sha vaqtdagi bosh prokurorga bosim o‘tkazishgani haqida maqola chop etgan.
Bosh prokurorga bosim o‘tkazishdan maqsad SNC Lavalin kompaniyasiga jinoiy ta'qibdan qochishda yordam berish bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu mojaro Tryudo hukumatini qiynamoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, mojaro bosh vazirning reytinglariga zarba berishi va partiyaga ta'sirini zaiflashtirishi mumkin.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026