Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon moliya boshqarmasi aholiga bepul mevali daraxt ko‘chatlari tarqatmoqda
Andijon viloyati Oltinko‘l tuman moliya bo‘limi, tumandagi 250ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni 2 ming tup turli mevali daraxt ko‘chatlari bilan ta'minladi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ko‘rsatmasiga asosan, Andijon viloyatidagi moliya bo‘limlari, g‘aznachilik va budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari 2019 yilda o‘z hududlaridagi kam ta'minlangan oilalar sharoitini o‘rganib, ularning shaxsiy tomorqalariga mevali daraxt, ertaki sabzavot ekilishiga amaliy yordam bermoqdalar.

“Hududlarga biriktirilgan xodimlar joriy yilning yanvar-mart oylarida xonadonlarga kirib, erta bahorda 5-10 tadan mevali daraxt ko‘chatlari va sabzavotlar ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Hozirgacha mevali daraxt ko‘chatlarini yetkazib bergan bo‘lsak, yaqin kunlarda tumanimiz aholisiga tomorqaga ekish uchun 25 ming tupga yaqin pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, karam va turli ko‘chatlarni bepul tarqatishni rejalashtirganmiz”, deydi Oltinko‘l tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Azizbek Xalilov.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:44
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026